“MEd – professional ta’lim magistri” masofaviy ta’lim xalqaro loyihasi doirasida “Oliy ta’limda Aralash ta’limni tashkil etish” bo‘yicha ishchi guruh a’zolari tomonidan TKTI tajriba sinov bazasi sifatida talabalar tanlab olindi. 2023 yil 14 va 18 aprel kunlari o’tkazilgan so’rovnomada jami 31 nafarga yaqin magistratura va 126 nafar bakalvr talabalari ishtirok etishdi.
So‘rovnomada:
Sirtqti ta’lim shaklining: S22-19, S22-20, S22-22, S22-04, S22-05, S22-23, S22-24 guruxlari
Kunduzgi ta’lim shaklining: 29-20, 30-20, 62-20,37-20,38-20 guruxlari faol ishtirok etdilar. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra quydagilar qayd etildi.
So’rovnoma natijalariga ko‘ra, pandemiyaga qadar o’qituvchilarning 34% an’anaviy ta’limdan, 36% masofaviy ta’lim elementlaridan, 30% aralash ta’lim elementlaridan foydalanganligini qayd etishgan.
Pandemiya davrida darslarning tashkil etilishi xususida berilgan savolga talabalarning ko’pchiligi 84% darslar online darslar (Zoom ilovasi orqali) tashkil etilganligini, 18% esa masofaviy ta’lim platformalarida materiallar berish orqali dars o’tilganligini, 6% talabalar internet tarmog’iga ulana olmagani sababli faqat platformadagi materialni o’zlashtirganliklarini qayd etishgan.