“Mening hayotim, mening tanlovim” shiori ostida profilaktik tadbir
Neft va gaz texnologiyalari fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish maqsadida “Oshqazon uchun eng yengil va foydali taomlar” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi, fakultet dekani L.A.Yusupova tadbirni ochib berar ekan, yoshlarda sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish, giyohvandlik va psixotrop moddalar oqibatlarini anglash, shuningdek, har bir yoshning ongli tanlov qilishi muhimligini ta’kidladi.
Tadbir davomida institut shifokori N.A.Xojakbarova giyohvandlikning organizmga ko‘rsatadigan jiddiy zararli ta’sirlari, oshqozon-ichak tizimi salomatligini saqlash bo‘yicha tavsiyalar, yengil va foydali taomlar iste’moli hamda to‘g‘ri ovqatlanishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
Stressni yengishning sog‘lom usullari va zarurat tug‘ilganda tibbiy yordamga murojaat qilish tartibi ham tushuntirildi.