“Mening hayotim – mening tanlovim” shiori ostida master-klass
Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida “Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi katta oʻqituvchisi Miralimova Aziza Isamutdinovna tomonidan “Qandli ichimliklar o‘rniga sog‘lom alternativlar” mavzusida master-klass oʻtkazildi.
Tadbir davomida talabalarning kundalik isteʼmol odatlariga eʼtibor qaratildi, sog‘lom turmush tarziga qiziqishlari oshirildi va zararli ichimliklarning salbiy taʼsiri tushuntirildi.
Master-klassda:
Qandli ichimliklarning organizm va energiya balansiga taʼsiri, ortiqcha isteʼmolning oqibatlari;
Tabiiy sharbatlar, mevali ichimliklar, o‘simlik choylari va boshqa foydali alternativlar;
Sog‘lom ichimliklarni tayyorlash jarayoni amaliy namoyish etildi.
Talabalar tayyorlangan ichimliklardan tatib ko‘rish, savollar berish va bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Tadbir ularning sog‘lom ovqatlanish madaniyatini rivojlantirish, ongli isteʼmol ko‘nikmalarini shakllantirish va mustaqil fikrlashga undashga xizmat qildi.
O‘z tanloving – sog‘lom hayoting!