Ijtimoiy tarmoqlar

“Mening hayotim, mening tanlovim” shiori ostidagi davra suhbati

“Mening hayotim, mening tanlovim” shiori ostidagi davra suhbati

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish maqsadida “Sog‘lom ovqatlanish – sog‘lom hayot garovi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Mirzo Ulug‘bek tumani 4-sonli oilaviy poliklinika hamshirasi N.Arobova sog‘lom ovqatlanishning inson salomatligidagi o‘rni, uning kundalik hayotdagi muhim ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Sog‘lom turmush tarzining asosiy tamoyillaridan biri – bu to‘g‘ri va balansli ovqatlanish ekani alohida ta’kidlandi.

Suhbat jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.