O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2025-yil 9-iyundagi 206-sonli buyrug‘i hamda Toshkent shahar adliya boshqarmasining 2025-yil 16-iyundagi “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida"gi 238-son buyrug‘i asosida Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Toshkent kimyo-texnoligiya institutida xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi mas'ullari, institut rahbariyati va kasaba uyushmasi raisi, bo'linmalar boshliqlari, fakultet dekanlari va xodimlar ishtirok etgan ushbu tadbirda ish beruvchi va xodimlar o'rtasida mehnat munosabatlari, shu jumladan:
- xodimlarning mehnat shartnomasi bilan bog‘liq asosiy huquqlari;
- mehnat ta’tili, ish vaqti va dam olish huquqi;
- oylik ish haqi, mehnatga layoqatsizlik;
- ayollar va ko‘p bolali xodimlar uchun imtiyozlar;
- mehnat qonunchiligini bir xil tatbiq qilish kabi masalalar keng muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilarining mehnat huquqlariga oid qiziqtirgan savollariga institut rahbariyati va mutasaddi xodimlar tomonidan kerakli javoblar berildi.