“Mexanik muhandislik (Mechanical Engineering)” qo‘shma o‘quv kursi muvaffaqiyatli yakunlandi
Toshkent kimyo-texnologiya institutida Italiyaning Milan politexnika universiteti va Tomsk politexnika universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Mexanik muhandislik (Mechanical Engineering)” qo‘shma o‘quv kursi o‘z nihoyasiga yetdi.
Bugungi kunga kelib, kursda muvaffaqiyatli ishtirok etgan 36 nafar tinglovchiga Iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo'yicha prorektori Qodirov Bobiromon Bekmurodovich hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori vazifasini bajaruvchi Shernayev Anvar Normamatovich tomonidan sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur qo‘shma o‘quv kursi xalqaro tajriba almashinuvi, ilg‘or texnologiyalar va muhandislik bilimlarini chuqurlashtirishga xizmat qilmoqda.