2025-yil 29-aprel kuni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida “Oliy taʼlim muassalarida turmushga chiqqan talabalar va talaba onalar uchun qulay sharoitlar yaratishning dolzarb vazifalari” mavzusida munozara klubining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Xotin-qizlar masallari boʻyicha rektor maslahatchisi Gulnora Aripova va oilali talaba-qizlarimiz faol ishtirok etdilar.
Sessiyada Oliy ta’lim muassasalarida o‘qish, ona bo‘lish va oilaviy hayotni bir vaqtning o‘zida olib borayotgan talabalar duch kelayotgan muammolar, ularning ijtimoiy himoyasi, ta’lim jarayonida duch keladigan to‘siqlarni kamaytirish, masofaviy ta’lim imkoniyatlaridan samarali foydalanish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi. Shu oʻrinda G.Aripova institut rektorining 2025-yil 2-apreldagi 108-sonli “TKTIda aralash taʼlim (Blended Learning) tizimini joriy qilish toʻgʻrisida” gi buyrugʻi, yaʼni institutda aralash taʼlim (Blended Learning) usulini sinovdan oʻtkazish maqsadida joriy qilingani, oilali talabalarga bir qancha qulayliklarni keltirib chiqarganligi haqida gapirdi. Taklif sifatida, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlari kabi (xususiy MTT lariga moddiy jihatdan hamma talabalar va yosh oilalar farzandlarini berish imkoni yoʻqligi) talabalar farzandlarini 3 yoshdan emas balki kichik yoshdan berishni amaliyotini joriy qilish mexanizmlarini ishlab chiqish kabi takliflarni ilgari surdi. Talaba-qizlarimiz ham oʻz takliflari bilan oʻrtoqlashdilar.
Munozara klubi sessiyasi ishtirokchilar tomonidan yuqori baholanib, ushbu yoʻnalishdagi tashkiliy va meʼyoriy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan muhim takliflar bildirildilar.