Ijtimoiy tarmoqlar

"Mohir qo'llar" toʻgaragi – ijodiy fikr va amaliy mahorat makoni!

 "Mohir qo'llar" toʻgaragi – ijodiy fikr va amaliy mahorat makoni! 

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talabalar salohiyatini ochib berishga qaratilgan qator tashabbuslar davom etmoqda.

Ana shunday tashabbuslardan biri – “Mohir qoʻllar” toʻgaragi boʻlib, unda talabalar oʻz ijodkorliklarini, bilim va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishmoqda. Toʻgarak doirasida turli loyihalar, qoʻl mehnati asosida yaratilgan ishlar ustida ish olib borilmoqda.

Maqsad – yoshlarni ijodkorlikka jalb qilish, ularning amaliy bilimlarini mustahkamlash hamda fikrlashga yoʻnaltirish.

"Mohir qo‘llar" to‘garagi – bu nafaqat bilim, balki ijod, jamoa bo‘lib ishlash va yangi g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish maydonidir!

To‘garak faoliyati davom etmoqda – siz ham biz bilan bo‘ling!