Ijtimoiy tarmoqlar

“Muhandislik oyligi” doirasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida Xakaton musobaqasi bo‘lib o‘tdi!

 “Muhandislik oyligi” doirasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida Xakaton musobaqasi bo‘lib o‘tdi!

2025-yilning 18-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Muhandislik oyligi” doirasida yoshlar salohiyatini namoyon etishga xizmat qiluvchi Xakaton musobaqasi tashkil etildi.

Tanlovda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor v.v.b. A.N. Shernayev, Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.N.Xodjayeva, Institut “Yoshlar akademiyasi” lideri S.Mavlonboyev, hamda “Kreativ Kimyogar” klubi rahbari J.Xolov ishtirok etishdi.

Musobaqani rasmiy tarzda A.N.Shernayev ochib berdi va talabalarga tanlovning mazmuni, Xakaton mavzusi hamda taqdimot tayyorlashning samarali uslublari haqida batafsil tushuntirish berdi.

Tadbir davomida talabalar o‘z g‘oya va loyihalarini ishlab chiqish uchun ilhom oldilar. Musobaqa jarayonida ular texnologik va innovatsion fikrlash bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.

Final bosqichi — 3 kundan so‘ng!

Jamoalarning yakuniy taqdimotlari yig‘ib olinib, komissiya tekshiruviga taqdim etiladi. Eng yaxshi loyihalar saralanib, saralangan loyihalar hakamlar hayati tomonidan baholanib natijalar e’lon qilinadi.