Ijtimoiy tarmoqlar

Muhandislik grafikasi va mexanika asoslari kafedrasi professor-o’qituvchilari 34-maktabga tashrif buyurdilar


Bugun Muhandislik grafikasi va mexanika asoslari kafedrasi professor-o’qituvchilari Shayhontohur tumani Zangiota mahallasiga qarashli 34- maktabga tashrif buyurdilar. Bundan maqsad 2023 yil 30-31 - mart kunlari Toshkent shahrida Yoshlar ijod saroyida O’zbekiston Savdo- sanoat palatasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “EXPOCONTACCT LLC” tomonidan “EDUFAIR- 2023” xalqaro ta’lim mutaxassislik ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Bu ko’rgazmada Toshkent kimyo- texnologiyalari instituti ham ishtikor etdi. Bu ko’rgazmada bu yilgi maktab bitiruvchilarga institut haqida targ’ibot ishlarini olib borish to’g’risida takliflar berildi.Bu taklif Toshkent kimyo- texnologiya instituti tomonidan maqullandi. Hamda Toshkent kimyo- texnologiya instituti rektori B.SH. Usmonov tomonidan dekanlarga o’z fakultetlarini maktablarga tanishtirish ishlari olib borish to’g’risida buyrug’i berildi.Bu buyrug’ ijrosini ta’minlash maqsadida “Oziq –ovqat mahsulotlari texnologiyasi” fakulteti Muhandislik grafikasi va Mexanika asoslari kafedrasi professor- o’qituvchilari maktabga borib, shu yilgi maktabni bitirayotgan 11- sinf bitiruvchilari bilan suhbat olib borishdi. Bu suhbat davomida Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti “oziq- ovqat mahsulotlari texnologiyasi’’ fakulteti haqida to’liq ma’lumotlar berildi, ya’ni fakultetit tarkibidagi yo’nalishlar, kirish ballari, xorijiy oliy ta’lim muassalari borib o’qib kelishlari hamda o’qishni tamomlagandan so’ng qanday kasblar va joylarda ish yurita olishlari haqida to’liq ma’ lumotlar berilib, bukletlar tarqatildi.Bu uchrashuvda institutning faoliyati haqida vedio rolik bitiruvchilarga taqdim etildi. Suhbat  davomida Muhandislik grafikasi va mexanika asoslari kafedrasi katta o’qituvchisi Saidova D.SH. bitiruvchilarga “Muhandislik grafikasi” fani bo’yicha mahorat darsini o’tib berdilar. Dars so’ngida bitiruvchilar bilan qiziqarli savol –javob olib bordilar. Bitiruvchilar bu fanga katta qiziqish bildirdilar.