MUSTAQIL TA’LIMNI SAMARALI TASHKIL ETISH: MUAMMO, YECHIM VA ISTIQBOLLAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-fevraldagi PQ–54-son qarori ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalarida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Ta’lim sifati nazorati bo‘limi tomonidan 2025-yil 12-sentyabr kuni seminar-treningtashkil etildi.
Mazkur seminar-treningda institut fakultetlari kafedralaridan vakillar, shuningdek rasmiy saytda joylashtirilgan e’lon orqali talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish mexanizmlariga qiziqish bildirgan professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Seminar doirasida “Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Azamatov O‘tkirbek Rashidovich tomonidan “Mustaqil ta’limni samarali tashkil etish: muammo, yechim va istiqbollar”mavzusida master-klass o‘tkazildi.
Seminar-treningda mustaqil ta’limni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar, zamonaviy metodikalarhamda institutda qo‘llanilayotgan innovatsion mexanizmlar atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, quyidagi yo‘nalishlarda fikr almashildi:
mustaqil ta’lim topshiriqlari bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqishda sun’iy intellektdan foydalanish me’yorlari va baholash mezonlarini aniq belgilash, akademik halollik tamoyillariga rioya etish;
an’anaviy referat va konspektlar o‘rniga PBL (muammoga asoslangan ta’lim) uslubidagi topshiriqlarni joriy etish orqali talabalarda amaliy ko‘nikma va jamoaviy ishlash qobiliyatini rivojlantirish;
mustaqil ta’lim natijalarini (Case Study, loyiha ishlari) yakuniy nazorat imtihonlariga integratsiya qilish orqali ichki motivatsiyani kuchaytirish;
mustaqil ta’lim jarayonini to‘liq raqamlashtirish, interaktiv kurslar va avtomatlashtirilgan tekshirish tizimlarinijoriy etish;
professor-o‘qituvchilar uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar, jumladan PBL metodikasi va raqamli ta’lim platformalari (iSpring, Moodle) bo‘yicha doimiy master-klass va treninglar tashkil etish.
Seminar-trening yakunida ishtirokchilar o‘z fanlari xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar, dolzarb savollar yuzasidan batafsil javoblar oldilar.
Samarali mustaqil ta’lim — sifatli ta’limning muhim omili!