Ijtimoiy tarmoqlar

Mustaqillik darslari – Vatanparvarlik va mas’uliyat maktabi

 Mustaqillik darslari – Vatanparvarlik va mas’uliyat maktabi

Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida yuqori kurs talabalari uchun yangi 2025–2026 o‘quv yili O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlab “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun!” bosh g‘oyasi hamda “Bo‘lar ekan-ku, yohud kechaning bugundan farqi nimada?” shiori ostida tashkil etilgan Mustaqillik darslari bilan boshlandi.

Darslarni Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor T.T.Safarov olib bordi. Mashg‘ulot davomida:

 • Mustaqillikning tarixiy mohiyati,

 • Ota-bobolarimizning ozodlik orzusi,

 • Mustaqillik yo‘lida bosib o‘tilgan qiyinchiliklar,

 • So‘nggi 34 yilda qo‘lga kiritilgan ulkan yutuqlar va islohotlarning samaralari haqida keng fikr-mulohazalar bildirildi.

talabalar bilan jonli suhbatlar, savol-javoblar va bahs-munozaralar orqali darslar yanada mazmunli va qiziqarli bo‘ldi.

Mustaqillik darslari — yangi avlod qalbida Vatanga muhabbat, millatga sadoqat va mas’uliyat tuyg‘usini yanada mustahkamlaydi!