Ijtimoiy tarmoqlar

Mustaqillik darslari – Vatanparvarlik va mas’uliyat maktabi

 Mustaqillik darslari – Vatanparvarlik va mas’uliyat maktabi

Neft va gaz texnologiyalari fakultetida yuqori kurs talabalari uchun yangi 2025–2026 o‘quv yili O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlab “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun!” bosh g‘oyasi hamda “Bo‘lar ekan-ku, yohud kechaning bugundan farqi nimada?” shiori ostida tashkil etilgan Mustaqillik darslari bilan boshlandi.

Darslarni Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi R. Mamatqulov olib bordi. Mashg‘ulot davomida:

 • Mustaqillikning tarixiy mohiyati,

 • Ota-bobolarimizning ozodlik orzusi,

 • Mustaqillik yo‘lida bosib o‘tilgan qiyinchiliklar,

 • So‘nggi 34 yilda qo‘lga kiritilgan ulkan yutuqlar va islohotlarning samaralari haqida keng fikr-mulohazalar bildirildi.

Talabalar bilan jonli suhbatlar, savol-javoblar va bahs-munozaralar orqali darslar yanada mazmunli va qiziqarli bo‘ldi.

Mustaqillik darslari — yangi avlod qalbida Vatanga muhabbat, millatga sadoqat va mas’uliyat tuyg‘usini yanada mustahkamlaydi!