Ijtimoiy tarmoqlar

“Muvaffaqiyatli bandlik — sifatli ta’limning ishonchli kafolati!”

“Muvaffaqiyatli bandlik — sifatli ta’limning ishonchli kafolati!”

2025-yil 19-iyun kuni “Yoshlar bandligi oyligi” doirasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda “O‘zkimyosanoat” AJ hamkorligida Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti bitiruvchilari uchun Karera kuni tashkil etildi.

Tadbirda “O‘zkimyosanoat” AJ vakillari, Karera markazi bo‘lim boshlig‘i A.M.Mirkomilov hamda Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti kafedrasi bitiruvchi talabalari ishtirok etdilar.

“O‘zkimyosanoat” AJ vakillari tomonidan tarmoq tasarrufidagi ishlab chiqarish korxonalari, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda hozirda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Karera kuni ochiq muloqot ruhida, talabalar va ish beruvchilar o‘rtasida fikr almashinuvi shaklida o‘tkazildi.

Institut Karera markazi bo‘lim boshlig‘i A.M. Mirkomilov esa mehnat bozorining bugungi holati, yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan davlat dasturlari, shuningdek, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash borasida institutda olib borilayotgan ishlar va mavjud imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Tadbir yoshlarga kelgusida o‘z kasbiy yo‘nalishini to‘g‘ri tanlash va amaliy ish bilan band bo‘lishida muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.