Ijtimoiy tarmoqlar

Namangan davlat texnika universitetida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar uchun respublika o‘quv seminari bo'lib o'tdi.

 Namangan davlat texnika universitetida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar uchun respublika o‘quv seminari bo'lib o'tdi.

Ushbu o'quv seminarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori v.v.b A.Shernayev ham ishtirok etdi.

Tadbir avvalida ishtirokchilar universitetda tashkil etilgan ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

Seminarning ochilishida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Odiljon Mamatkarimov va Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Otabek Bozorov so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladilar.