Neft va gaz texnologiyalari fakultetida “1-kurs maktabi” loyihasi doirasida talabalar uchun qiziqarli va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.
Bugun fakultet dekani L.A.Yusupova, dekan o‘rinbosari N.Sh. Zulyarova, tyutorlar hamda birinchi kurs talabalari ishtirokida Amir Temur davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida talabalarga Amir Temur bobomizning hayoti, davlat boshqaruvi, harbiy san’ati va ilm-fanga bo‘lgan e’tibori haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Muzeydagi tarixiy eksponatlar, noyob qo‘lyozmalar va san’at asarlari yoshlar qalbida milliy g‘urur, tarixiy xotira va Vatanga mehr tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Talabalar ekskursiyadan katta taassurot olib, tarixiy merosimizni asrab-avaylash va chuqur o‘rganish zarurligini ta’kidladilar.
“1-kurs maktabi” tadbirlari nafaqat bilim va ko‘nikmalarni oshirish, balki yoshlarda vatanparvarlik va tarixiy qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.