Neft va gaz texnologiyalari fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Neft va gaz texnologiyalari fakultetida talabalarning huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda fakultet dekan o‘rinbosari N.Sh.Zulyarova, “Matematika” kafedrasi o‘qituvchisi R.Muhiddinov, “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi S. Hamroyev hamda fakultet tyutorlari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida Konstitutsiyaning yaratilish jarayoni, undagi asosiy tamoyillar, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Talabalar e’tiboriga Konstitutsiyaning yoshlar uchun yaratib berayotgan imkoniyatlari, ularning burch va mas’uliyatlari hamda amaliy hayotda huquqiy bilimning dolzarbligi haqida tushunchalar yetkazildi.
Mazkur tadbir quyidagi maqsadlarni o‘zida mujassam etdi:
talabalarda konstitutsiyaviy bilimlarni yanada mustahkamlash;
yoshlarning huquqiy tafakkurini kengaytirish;
Vatanga muhabbat, sadoqat va shaxsiy mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytirish;
davlat qonunlariga hurmat bilan yondashish madaniyatini shakllantirish.