Ijtimoiy tarmoqlar

Neft va gaz texnologiyalari fakultetida "14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan kafedralararo professor-o‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini yuqori saviyada tashkil etildi.

 Neft va gaz texnologiyalari fakultetida "14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan kafedralararo professor-o‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini yuqori saviyada tashkil etildi.

Bayram tadbirini fakultet dekani L.A. Yusupova tantanali ravishda ochib berib, barcha ustozlarni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy tabrikladi hamda ularning Vatanga sadoqatli xizmatlari, ilm-fan rivoji va yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos hissasini alohida e’tirof etdi.

Mazkur intellektual bellashuv ustozlar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash, jamoaviy hamkorlikni kuchaytirish hamda bayramning ma’naviy-mazmuniy ahamiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

“Zakovat” intellektual o‘yini davomida Neft va gaz texnologiyalari fakultetining “NEXUS”, “Sellyuloza”, “Fiziklar va energetiklar”, “Organik sintez texnologiyasi”, “Ekologlar” hamda “Ma’rifat” jamoalari o‘zaro qizg‘in va murosasiz bellashdilar.

Bellashuvlar jarayonida ishtirokchilar bilim, mantiqiy tafakkur, tezkor fikrlash va jamoaviy hamjihatlikni namoyon etib, savollarga puxta va aniq javoblar berishdi. Har bir jamoa o‘z salohiyati, intellektual darajasi va ijodiy yondashuvi bilan ajralib turdi.

 Vatanni madh etuvchi jo‘shqin qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha bayramona kayfiyat bag‘ishlab, barchaga chinakam bayram tuhfasi bo‘ldi. 

“Zakovat” intellektual o‘yini davomida ishtirokchilar tarix, zamonaviy fan-texnika, neft-gaz sohasi, Vatanga sadoqat hamda umumiy dunyoqarashga oid savollarga javob berib, jamoaviy hamjihatlik va yuqori intellektual salohiyatlarini namoyon etdilar. Bellashuvlar do‘stona muhitda, biroq sog'lom raqobat ruhida kechdi.

Mazkur tadbir professor-o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash,bayramona kayfiyat ulashishga xizmat qildi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan jamoalarga institut rahbariyati hamda kasaba uyushmasi tomonidan tashakkurnomalar va esdalik sovg'alar topshirildi.