Neft va gaz texnologiyalari fakultetida DAK ishlari boshlandi
2025-yil 14-iyun kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Neft va gaz texnologiyalari fakulteti Asosiy organik sintez kafedrasida 60710100 – "Kimyoviy texnologiya (Organik moddalar)" yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 4-kurs bitiruvchilari uchun Davlat attestatsiya komissiyasi (DAK) o‘z faoliyatini boshladi.
Tadbirni institutning akademik faoliyat bo‘yicha prorektori T.T. Safarov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek, fakultet dekani Yusupova Lola hamda kafedra mudiri Ziyadullaev Anvar so‘zga chiqib, bitiruvchi talabalarni tabriklab, ularga kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tiladi.
Bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish jarayoni O‘zbekiston Milliy universiteti professori, DAK raisi Nurmanov Suvonqul Erxonovich boshchiligida tashkil etildi.
Talabalar o‘z ilmiy ishlari bo‘yicha puxta tayyorgarlik ko‘rganliklarini namoyon etishdi. Savol-javoblar davomida ular o‘z mutaxassisliklari yuzasidan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega ekanliklarini isbotladilar. Har bir bitiruv ishiga komissiya a’zolari tomonidan xolis va shaffof baho berildi.
Shu bilan Davlat attestatsiya komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi muvaffaqiyatli yakunlandi.