Ijtimoiy tarmoqlar

Neft va gaz texnologiyalari fakultetida “Professor o’qituvchilarga texnika xavfsizlik va birinchi yordam bo’yicha instiruktaj” o’tkazildi

Institut shifokori birinchi yordam haqida batafsil ma’lumotlar berdilar. Termometr sinsa nima qilish kerak – simobni yig’ib olish, xonani tozalash usullari. Xona haroratida simob tomchilari nafas yo‘llari orqali organizmga kiradigan toksik bug‘larga aylana boshlaydi. Simob bilan asosiy alomatlari: zaiflik, umumiy holsizlik, ishtaha yo’qolishi, og‘izda metalning tami bo‘lishi, bosh og‘rig‘i, tomoq og‘rigi kuchayadi. Simobni yig‘ib olishda margansovka eritmasini tayyorlash uchun 1 litr suvga 2 gramm margansovka soling va aralashtiring. Derazalarni ochib qoyiladi, uydagi insonlar va hayvonlarni tashqariga olib chiqiladi. Simob yig‘ib olishda doim rezina qo‘lqop kiyib olinadi.

Singan va travma olgan bemorga birinchi yordam ko‘rsatish zarur. Bunda singan sohani mustahkamlashish zarur ya’ni harakatlantirmaslik lozim. Singan sohaga qattiq jism ya’ni taxta yog‘och va uni bog’lash uchun ro’mol yoki mato bo’lishi lozim. Shular haqida ma’lumot berib o‘tdilar.

Kuyishda birinchi yordam ko‘rsatish to‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi. Kuygan sohani sovuq suvda yuviladi. Kartoshkani archib qirqich yordamida maydalaniladi va uni kuygan sohaga qo‘yiladi. Kuygan sohaga tish pastasi ham suriladi. Kuygan sohaga sintetka matolarni yaqinlashtirmaymiz.

Is gazidan zaharlanishda birinchi yordam ko‘rasatish. Is gazidan zaharlangan insonni tozza havoga olib chiqiladi. Yurak urishi tekshirib ko‘riladi. Agarda yurak urishi to’xtagan bo‘lsa, yurakni massaj qilish kerak va suniy nafas berish lozim. Dastro‘molchani bemorni og‘ziga yopib 1 marta havo beriladi va 3 marta yurak qismi qo‘l yordami bilan bosiladi. Yurak urishni boshlaganda to‘xtatiladi.

Tutqanoq va epilepsiyada birinchi yordam ko‘rsatish. Tutqanoq tutgan odamni yon boshga yotqizish zarur. Uning oldida sinuvchi va tig‘li narsalarni olib qo‘yamiz. Tutqanoq tutganda qilish mumkin bo‘maganlar bemorni og’zini majburlab ochish, o’giz bo’shlig‘iga qoshiq va boshqa jismla tiqish mumkin emas.

Institutning Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i v.v.b. Azizov R. ham o‘t o‘chirgichlar turlari va ularni qanday ishlatish to‘g‘risida tushuncha berildi.

Ko‘pikli-havoli o‘t o‘chirgichlar qattiq materiallarni va yonuvchan suyuqliklarni o‘chirish uchun ishlatiladi. Ular yong‘inning dastlabki bosqichlarida samaraliroq hisoblanadi. Ishqoriy metallarni, tarmoqqa ulangan elektr jihozlarini va yonish uchun kislorodga muhtoj bo‘lmagan materiallarni bunday aralashmalar bilan o‘chirish taqiqlanadi.

Kukunli o‘t o‘chirgichlar 1000 V gacha kuchlanishga ega yonayotgan elektr jihozlarini va yonuvchan suyuqliklarni o‘chirish uchun foydalaniladi. Ularni kislorod yo‘qligida yonadigan materiallarni o‘chirish uchun ishlatish taqiqlanadi.

Bunday qurilmalar har yili tekshiruvdan o‘tkaziladi va har besh yilda bir marta yong‘inga qarshi vosita bilan to‘ldiriladi.

Aerozolli o‘t o‘chirgichlar nisbatan yangi ixtiro hisoblanadi. Bu yong‘inga qarshi kurashning birlamchi samarali vositasidir. O‘t o‘chiruvchi vosita yonayotgan narsalar yuzasida zich plyonka hosil qiladi. Bu yong‘inga kislorodning kirishiga to‘sqinlik qiladi. Plyonka buyumga zarar yetkazmaydi, chunki uni yuvish vositasi bilan ketkazish mumkin.