Neft va gaz texnologiyalari fakultetida iste’dodli yoshlar uchun zamonaviy kurslar taqdimoti o‘tkazildi
Neft va gaz texnologiyalari fakultetida 3-kurs talabalari uchun muhim taqdimot bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan amalga oshirilayotgan yangi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbirda Mirzo Ulug‘bek vorislari "Data Science " o'quv kursi direktor o'rinbosari D.Sayfurov tomonidan iste’dodli yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish maqsadida tashkil etilgan “Data Science” va Grafik dizayn (Animatsiya, VFX compositing, 3D modellashtirish, FX simulation, O‘yin dizayni va Gamedov asoslari, Unreal Engine,
Raqamli vizual san’at yo‘nalishlarida maxsus kurslar haqida ma'lumot berildi. Talabalarga ushbu kurslarning afzalliklari, o‘quv jarayonining mazmuni va amaliy jihatlari haqida tushuntirish berildi. Shuningdek, kurslarda yoshlar uchun quyidagi qo‘shimcha bonuslar taqdim etilishi ta’kidlandi:
Tanlov g‘oliblari Toshkent shahrida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ta’lim mutlaqo bepul tarzda olib boriladi.
Talabalarga issiq ovqat bilan ta’minlanadi.
Har oy 1 320 000 so‘m miqdorida rag‘bat puli ajratiladi.
Qo‘shimcha tarzda ingliz tili darslari ham yo‘lga qo‘yiladi.
Mazkur tashabbus yoshlarning kasbiy rivoji, zamonaviy IT va kreativ sanoat sohalariga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, shuningdek, mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Taqdimot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kelgusida ushbu loyihalarda faol ishtirok etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Ma'lumot uchun: dscience.uz
@muvdscience.uz