Ijtimoiy tarmoqlar

Neft va gaz texnologiyalari fakultetida talabalar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va jamoaviylik ruhini kuchaytirish maqsadida mini-futbol bo‘yicha “Yangi nafas” ligasi o‘tkazilmoqda.

Sentyabr oyi davomida davom etgan musobaqalarda 24 ta jamoa ishtirok etib, umumiy hisobda 168 nafar talaba maydonda o‘z mahoratini namoyish etdi. Musobaqa davomida talabalar nafaqat sportdagi mahoratlarini, balki do‘stlik, birdamlik kabi qadriyatlarni ham namoyon etishdi.

Qizg‘in, murosasiz va do‘stona raqobat ruhida kechgan yarim final bahslarida talabalar o‘z jamoalari sharafi uchun bor kuchini ishga soldi. Natijada, yuqori darajadagi o‘yin namoyish etgan “Shuturm” va “Energetika” jamoalari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

Ma’lumot uchun, 4-oktabr kuni “Yangi nafas” ligasining final bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda talabalar jamoalari chempionlik uchun maydonga tushib, muxlislar uchun unutilmas futbol tomoshasini taqdim etishadi.