Neft va gaz texnologiyalari fakultetida “Eng faol yil talabasi” tanlovining fakultet bosqichi o‘tkazildi
Ushbu tanlov jamiyat va davlat uchun yetuk, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini oshirish, iqtidorli talabalarni hamda o‘z salohiyatlarini namoyon etishlariga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida tashkil etildi. Shuningdek, tanlov talabalarda jamoatchilik, fidoyilik, tashabbuskorlik fazilatlarini shakllantirish, talabalik nufuzini oshirish va ularni rag‘batlantirishga qaratilgan.
Tanlovda talabalar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirok etishdi:
“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”
“Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”
“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”
“Yilning eng faol sportchi talabasi”
“Yilning eng faol iqtidorli talabasi”
“Yilning eng faol ijodkor talabasi”
“Yilning eng faol tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun)
Tanlov yakunida o‘z bilim va iste’dodi, faolligi hamda tashabbuskorligi bilan ajralib turgan g‘olib talabalar aniqlanib, ular institut bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildilar.