Ijtimoiy tarmoqlar

Neft va gaz texnologiyalari fakultetida maxsus o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

Neft va gaz texnologiyalari fakultetida maxsus o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

Neft va gaz texnologiyalari fakultetida Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD S.S.Hamroyev tomonidan “Yangi O‘zbekiston: barqaror rivojlanish, tinchlik va Islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” mavzusidagi maxsus kurs bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar davomida talabalar Yangi O‘zbekistonda kechayotgan islohotlar, barqaror rivojlanish jarayonlari, tinchlik va barqarorlikning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati hamda Islom ma’rifatining jahon hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzining ortib borayotgani haqida atroflicha bilimlarga ega bo‘ldilar.

Dars jarayonida interfaol metodlar qo‘llanilib, mavzu yuzasidan qizg‘in muhokamalar hamda savol-javoblar tashkil etildi. 

Ushbu mashg‘ulotlar talabalarda yangicha dunyoqarashni shakllantirish, vatanparvarlik, bag‘rikenglik, milliy va diniy qadriyatlarni chuqur anglashga xizmat qildi.