Joriy yilning 10-may kuni Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakultetida Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 4-martda o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda institut talabalariga darsdan bo‘sh vaqtlarida ish bilan bandligini ta’minlash hamda bitiruvchi talabalarning ishga joylashishiga ko‘maklashish maqsadida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga fakultet bilan doimiy aloqalarni о‘rnatgan 26 tadan ziyod Respublika sanoat tarmog‘ining asosi bо‘lgan zavod hamda xususiy korxonalaridan kadrlar masalalari bо‘yicha mas’ul mutasaddilar tashrif buyurishdi. “Karyera kuni” tadbirida “Farg‘ona Azot” AJ dan yetakchi mutaxassis A.K.Rahimov, “Uzkabel” QK dan bosh texnolog muovini M.Qudratxо‘jayev, “Asl Oyna” MCHJdan bosh texnolog T.V.Dostmuxamedov, “Qurilish materiallari litiy” MCHJdan mutaxassislar N.Saliyeva, A.Boltaboyeva, A.Ismatulin, UzGTL mutaxassisi S.Tillayev, “Uzsanoatqurilish” AJdan mutaxassis O.Ibragimov, “Maksam-Chirchiq” AJdan kadrlar bо‘limidan Yo‘ldoshev Sobir, Yeliseyev Nikolay, “Qо‘ng‘irot soda zavodi” AJ dan bо‘lim boshlig‘i K.X.Serjanov, “Birinchi rezinotexnika zavodi” AJdan xodimlar bо‘limi boshlig‘i SH.Baymanova, N.Djо‘rayeva, “Hamkor” OOdan ekspert menejeri A.Ikrombekov, “Olmaliq kon metallurgiya kombinati”dan mutaxassis I.Bozorov, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJdan boshqarma boshlig‘i N.M.Usmonova, muhandislar S.Maqsadov, E.Xasanov, “Texnopark” MCHJdan kadrlar boshlig‘i D.Kalimberdiyev, “UzAUTOCepla” MCHJ dan texnik direktor B.Abduvoxidov, mutaxassis A.Erkinov, “Art Farfor” MCHJdan texnolog-mexanik V.Kazakov, M.Ganiyev, “Arktika Bottlers” MCHJ dan kadrlar bо‘limi inspektori N.Matkarimova, mexanik A.Fedorov, “Ammafos-Maksam” AJ dan xodimlar bо‘limidan G.Yusupova, G. Djurayeva, “Navoiy Azot” AJ kadrlarni qayta tayyorlash bо‘limidan M.M.Maksudov, “Innovatsiyalar markazi” MCHJ dan laboratoriya mudiri M.E.Tolipovlar ishtirok etdilar.
Tadbirni kirish so‘zi bilan institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori T.T.Safarov ochib berdi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 4-martda o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda institut talabalariga darsdan bo‘sh vaqtlarida ish bilan bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida bugungi kundagi amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdilar.
Talabalar korxonalardan tashrif buyurgan mutaxassislarga о‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar.