Toshkent kimyo-texnologiya instituti Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Nigora Zulyarova, "Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi" kafedrasi professor-o'qituvchilari M.Adilova, B. To'raqulov hamda fakultet tyutorlari Talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida "Kafedra kunlari" doirasida talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishib suhbatlar tashkil etildi.
Bundan tashqari tyutorlar tashabbusi bilan talabalar o'rtasida sportning "Tosh ko'tarish" turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi.
Qizg'in tarzda o'tgan musobaqada:
1-o'rin- Abdulqosimov Mirtemir
2-o'rin- Abdurahimov Adham
3-o'rin- Namozov Azizbeklar egallashdi.
G'olib talabalar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.