2025-yil 3-dekabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Neft va gaz texnologiyalari fakultetida Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor T.T.Safarov, Karyera markazi boshlig‘i A.M.Mirkomilov, Neft va gaz texnologiyalari fakulteti dekani L.A.Yusupova tomonidan oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun yoshlar o‘rtasida kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish maqsadida Toshkent shahri Shayxontohur tumani 324-maktab bitiruvchi oʻquvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.
Tadbirda “Neftni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi” “Gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi” “Asosiy organik sintez texnologiyasi” “Sellyuloza va yog‘ochsozlik texnologiyasi” “Fizika va elektrotexnika” kafedralari professor o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida tashrif buyurgan maktab bitiruvchi oʻquvchilari institut haqida, institutda mavjud fakultetlar, taʼlim yoʻnalishlari, talabalar hayoti, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv jarayoni, kredit-modul tizimi, xalqaro aloqalar, laboratoriyalar haqida batafsil maʼlumot olishdi.
Fakultetdagi mavjud laboratoriyalarga ekskursiya uyushtirildi. Bundan tashqari, 324-maktab bitiruvchi oʻquvchilari ushbu institutga sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtib qabul qilinsalar, ular uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratilishi, kundan kunga sohaga boʻlgan talab taklifning ortib borishi, bu yerda yoshlar uchun yaratiladigan shart-sharoitlar koʻlamini yana kengayishiga va yuksalishiga xizmat qilayotgani borasida maʼlumotlar berildi.
Shuningdek maktab o‘quvchilari bilan tadbir yuzasidan savol javoblar bo‘ldi va ular o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi. Tadbir yakunida maktab o‘quvchilarini qiziqtirgan savollariga javob berildi