Ochiq eshiklar kuni – 59-maktab bitiruvchilari bilan uchrashuv
2025-yil 2-dekabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida Shayxontohur tumani 59-maktab bitiruvchi o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor T.T.Safarov, Karyera markazi boshlig‘i A.M.Mirkomilov, fakultet dekani A.M.Normatov, shuningdek “Enologiya va bijg‘ish mahsulotlari texnologiyasi”, “Biotexnologiya”, “Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi”, “Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi” kafedralari professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Bitiruvchi o‘quvchilarga institut faoliyati, mavjud fakultetlar, taʼlim yo‘nalishlari, talabalar hayoti, kredit-modul tizimi, xalqaro aloqalar hamda laboratoriyalar imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Talabalar amaliyoti olib boriladigan zamonaviy laboratoriyalarga ekskursiya tashkil etildi. Shuningdek, abituriyentlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, sohaga bo‘lgan talabning ortib borayotgani borasida tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.