Oktyabr – sog‘lom turmush tarzi oyligi doirasida Neft va gaz texnologiyalari fakultetida talaba-yoshlar ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi
Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarni zararli illatlardan, xususan, giyohvandlik, ichkilikbozlik, chekish kabi salbiy odatlardan asrash, ularning sog‘lom hayot tarzini shakllantirish, ijtimoiy faolligini oshirish va kelajakda barkamol shaxs sifatida voyaga yetishiga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.
Mazkur tadbirda institut profilaktika katta inspektori podpolkovnik A.Jumanov, 2-son IIB bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari mayor D.Shukurullayev, XPP surishtiruv guruhi surishtiruvchisi katta leytenant U.Adizov, NGTF dekan o'rinbosari N.Sh.Zulyarova hamda fakultet tyutorlari va talaba yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan yoshlar o‘rtasida sog‘lom hayotning afzalliklari, zararli odatlarning esa inson salomatligi, ta’lim olish jarayoni hamda kelajak hayotiga salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar berildi.Talabalar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar uchun “Sog‘lom hayot – baxtli kelajak garovi” shiori ostida tavsiyalar berildi.