Ijtimoiy tarmoqlar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Obuda universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Obuda universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi

“InnoWeek–2025” doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Vengriyaning Obuda universiteti prorektori Andras Molnar hamda O‘zbekiston Respublikasi bilan amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha koordinatori Nemet Antal ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Obuda universiteti va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rtasida memorandum imzolandi.

Mazkur hujjat ikki tomonlama ilmiy, ta’limiy va innovatsion hamkorlikni rivojlantirish, o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini kengaytirish, hamda qo‘shma tadqiqot va loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu memorandum O‘zbekiston va Vengriya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.