Oliy taʼlimda taʼlim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash masalalari boʻyicha institutning 1-kurs bakalavriat talabalariga fakultetlar kesimida qisqa muddatli seminar-treninglar boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori va unga ilova – Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning mazmun-mohiyatini institutning 1-kurs bakalavriat talabalariga yetkazilish bo‘yicha fakultetlar kesimida qisqa muddatli seminar-treninglar boʻlib oʻtdi.
Seminar-treninglarda ma’ruzachi sifatida Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor T.Safarov, Registrator ofisi bosh mutahasisi J.Qayumov, fakultet dekani Sh.B.Buxorov qatnashdilar. Institutning xar bir fakulteti binosini maʼruza zallarida bo‘lib o‘tgan seminar-treninglarda talabalar hamda tyutorlar faol qatnashdilar. Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori va unga ilova – Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomi to‘g‘risida ishtirokchilarga batafsil ma‘lumotlar berildi.
Amaliy va interfaol muloqot shaklida o‘tgan seminar davomida maruzachilar Qarorga koʻra, oliygohlarda davlat granti kvotalarini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlash amaliyoti joriy etilganligi, endilikda ikkinchi va undan yuqori kurslarda tahsil olayotgan, oʻzlashtirish koʻrsatkichi yuqori boʻlgan ijtimoiy faol talabalarga taʼlim granti toʻliq va toʻliq boʻlmagan shakllarda taqdim etilishi xususida muloqot qilishdi.
Yuqoridagi masalalar bo‘yicha seminar-treninglarda tinglovchilar oʻzlarining fikr-mulohazalari va savol-javoblari bilan faol qatnashdilar. Tinglovchilar tadbir davomida o‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan ijtimoiy toifadagi talabalarga qo‘shimcha grant ajratilishi bo‘yicha yuzaga kelayotgan ko‘plab savollariga ma’ruzachilardan aniq javoblarni oldilar.