"Ma'rifat ulashib" loyihasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti dekani U.N.Baltabayev, Yoqilg’i va organik birikmalari kimyoviy texnologiyasi fakulteti YBIB dekan oʻrinbosari J.T.Siddiqov, Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti YBIB dekan oʻrinbosari T.Sh.Usmonov va Menejment va professional ta'lim fakulteti YBIB dekan oʻrinbosari B.Sh.Poyonov, Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti tyutori A.A.Doniyorovlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvni Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti dekani U.N.Baltabayev ochib berdi. Maktab o'quvchi-yoshlariga ma'rifatli-ma'naviyatli avlod bo'lishlari uchun ta'lim tizimida olib borilayotgan islohatlar, badiiy kitob mutolaasining o'quvchilar uchun foydasi ma'rifatli jamiyat asoslari ma'naviyatning inson hayotida tutgan o'rni haqida fikr yuritilib, institutning yo'nalishlari bo'yicha kirish imtixonlari va xorijiy institutlar bilan xamkorlikda o'qishlari haqida o'quvchilarga to'liq ma'lumotlar berib o'tdi va maktab kutubxonasiga kitoblar taqdim etishdi.
Uchrashuv so'ngida maktablar hududida "Yashil makon" umumilliy loyihasi doirasida turli manzalari daraxt ko'chatlari ekildi.