2024-yilning 27-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent kimyo-texnologiya institutining Akademik litseyi binosi, o‘quv jarayonlari va o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Ayni paytda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Akademik litseyida 268 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ularga malakali pedagoglar tomonidan darslar o‘tib kelinmoqda. Shuningdek, litsey hududida futbol maydoni, kutubxona, kompyuter xonalari, laboratoriya xonalari hamda 120 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan yotoqxona ham mavjud.