"Ma'rifat ulashib" loyihasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori professor B.Sh.Usmonov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Tong yulduzi gazetasi bo'lim muharriri shoir Ahtamquli, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov va mas'ullar ishtirok etishdi.
Tadbirda maktab o'quvchi-yoshlariga ma'rifatli-ma'naviyatli avlod bo'lishlari uchun ta'lim tizimida olib borilayotgan islohatlar, badiiy kitob mutolaasining o'quvchilar uchun foydasi ma'rifatli jamiyat asoslari, ma'naviyatning inson hayotida tutgan o'rni haqida fikrt yuritildi. Shuningdek malakali kadr bo'lishi, yuksak ma'naviyatli avlod yurt kelajagida muhimligi ta'kidlandi.
Tadbir davomida Toshkent kimy-texnologiya institutida talabalarning bilim olishlari, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari, sport bilan shug'ullanishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar to'g'risidan batafsil ma'lumot berib o'tildi.
Shuningdek, faol yoshlar oʻzlari yoqtirgan she’riy satrlardan oʻqib eshttirishdi. Uchrashuv ana shunday samimiy suhbat va taassurotlarga boy boʻldi. Uchrashuvda faol qatnashgan ijodkor talabalarga institut ma’muriyati hamda ijodkorlar tomonidan kitoblar taqdim etildi.
Tadbir so'ngida mas'ullar tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida maktab bog'ida ko'chatlar ekildi.