Ijtimoiy tarmoqlar

Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi Oliy ta'lim muassasalarida "Ma'rifat ulashib" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi buyrug'i bilan Toshkent kimyo-texnologiya institutiga biriktirilgan Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi 40-sonli maktabga tashrif amalga oshirildi.

"Ma'rifat ulashib" loyihasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori professor B.Sh.Usmonov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Tong yulduzi" gazetasi bo'lim muharriri shoir Ahtamquli, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov va mas'ullar ishtirok etishdi.

Tadbirda istitutimiz rektori professor B.Sh.Usmonov o'quvchilar kelajakda qaysi kasbni egallashlaridan qat'iy nazar, hozirdan tayyorgarlik ko'rib borishlari kerakligini ta'kidladilar.

Tadbir davomida Toshkent kimy-texnologiya institutida talabalarning bilim olishlari, turli xil lobaratoriya qurilmalaridan foydalanish, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari, sport bilan shug'ullanishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar to'g'risidan batafsil ma'lumot berib o'tildi.

Uchrashuvda shoir Ahtamquli o'quvchilarga klassik va zamonaviy o'zbek adabiyoti haqida qizg'in davra suhbati uyushtirdi. Adiblar o`z ijod na'munlaridan o`qib berdi. Shundan so'ng o'quvchilardan ham she'rlar tinglandi. Mehmonlar savol-javoblar yakunida eng sara kitoblar va "Tong yulduzi" gazetasinining so'ngi nashridan mutolaa uchun o'quvchilarga taqdim qilishdi.

Tadbir so'ngida mas'ullar tomonidan 40-maktab bog'ida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida manzarali daraxt ko'chatlari ekildi.