Ijtimoiy tarmoqlar

Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug'iga asosan Talaba va o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida respublikadagi Oliy ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan tyutorlar uchun malaka oshirish kurslari reja jadval asosida bo'lib o'tmoqda.

Ushbu kurslarda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov hududlardagi 50dan ortiq Oliy ta'lim muassasalarining tyutorlari uchun navbatdagi 6 soatlik ma'ruza dars mashg'uloti bo'lib o'tdi. Ushbu kurslarda:

Talaba-yoshlar bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash;

Talaba-yoshlarning boʼsh vaqtini toʼgʼri tashkil etish va rejalashtirish. 

Taym menejment asoslari;

Oliy taʼlim muassasalarida talaba-yoshlar oʼrtasida madaniy-maʼrifiy, ommaviy sport va ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etish texnologiyalari;

Talabalarni turli konkurs va tanlovlarga, oliy taʼlim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan to‘garaklar faoliyatiga keng jalb etish;

Globallashuv jarayonida dunyoda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-ma’naviy, axborot xurujlar davrida talaba-yoshlar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini taʼminlash masalalari;

Talaba-yoshlarning huquqiy ongini shakllantirish, ular orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilik va boshqa zararli odatlarga qarshi kurashishning profilaktik mexanizmlari;

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyalar faoliyati. Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish tushunchasi;

Talabalar turar joylarida va ijarada yashovchi talabalar bilan ishlash yo‘nalishlari mavzularida B.N.Boborajabov Toshkent kimyo texnologiya instituti tajribasi doirasida, malaka oshirayotgan tyutorlarga ZOOM ilovasi orqali mahorat darsi ya'ni ma'ruzasini o'tdi.