Ijtimoiy tarmoqlar

Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi Oliy ta'lim muassasalarida "Ma'rifat ulashib" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi buyrug'i bilan Toshkent kimyo-texnologiya institutiga biriktirilgan Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi 2-sonli maktabga tashrif amalga oshirildi.

"Ma'rifat ulashib" loyihasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori professor B.Sh.Usmonov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Tong yulduzi" gazetasi bo'lim muharriri shoir Ahtamquli, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov va mas'ullar ishtirok etishdi.

Uchrashuvni Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayev kirish so'zi bilan ochib berdi hamda bu kabi ma'anaviy-ma'rifiy tadbirlarning ahamiyati haqida gapirdi.

Tadbir nomidan ham anglash mumkinki, yoshlarning maʼnaviyatini yanada yuksaltirish, ularda vatanparvarlik tuygʻularini tobora kuchaytirish muhim masaladir. Maʼrifatli inson kelajakning haqiqiy poydevorini bunyod eta oladi. Ijodkorlarning yoshlar bilan muloqoti jonli ruhda, shoirona shukuhda, koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi. 

Tadbir davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori professor B.Sh.Usmonov maktab kutubxonasiga va o'quvchilariga esdalik sovg'asi sifatida kitoblar sovg'a qilindi.

Tadbir so'ngida esa "Yashil makon" umumilliy loyihasi doirasida turli manzalari hamda mevali daraxt ko'chatlari ekildi.