Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakulteti “Texnologik mashina va jihozlar” kafedrasi tomonidan Rossiya Federatsiyasining nufuzli oliy taʼlim muassasasi “ROSBIOTEX” universitetining “Sanoat muxandisligi” kafedrasi professori B.N.Fedorenko TMJ kafedrasi professor-oʻqituvchilari, talabalari, magistrlari, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar uchun “Yashil kimyo va barqaror kimyoviy jarayonlar” mavzusida Onlayn seminar tashkil etildi.
Professor B.N.Fedorenko tomonidan “Sanoat muxandisligi” kafedrasida olib borilayotgan nano-, bio-, membrannali texnologiyalari va informatsion texnologiyalari, biomembrannali jarayonlari va tizimlari asosida yaratilib kelayotganligi, biologik va membranali jarayonlarni, texnologiyalarni va tizimlarni koʻllanilish sohalari mavzusi boʻyicha batafsil taqdimot orqali maʼlumot berildi.
Seminar yakunida ishtiroqchilari mavzu boʻyicha qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va batafsil xar tomonlama toʻliq javoblarni olishdi. Uchrashuv yakunida samimiy tilaklar bildirilib kelgusida yanada innovatsion, sifatli yangi ishlanmalar yangi texnologiyalar boʻyicha maʼlumot almashinuvi davom ettirilishi, professor-oʻqituvchilar, doktorantlar va barcha ishtirokchilar, ayniqsa yosh avlod uchun katta ruhiy ozuqa boʻladi degan umid bilan yakunlandi.