oriy yilning 1-iyun kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori T.T.Safarov rahbarligida kasb-hunar maktabiga biriktirilgan professor-o‘qituvchilar: "Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi" kafedrasi dotsenti Maxmudova Dildora Xasanovna, Umumiy kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi , PhD Olimov Tolmas Farxodovich, "Noorganik moddalar kimyoviy texnologiya" kafedrasi Kenjayev Mirjalol Erkinjanovich, institut " Qabul jarayonini tashkil etish bo‘limi" boshlig‘i Berdiyev Xusan Urolovich hamda "Taʼlim muassasalariga metodik yordam ko‘rsatish sektori bosh mutaxassisi Narmanova Barno Yoqubovnalar institutga biriktirilgan Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 2-son kasb-hunar maktabiga tashrif buyurishdi.
Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 2-son kasb-hunar maktabi direktori , Karimov Dilshod Davronovich, O‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sagdullayeva Muattar Baxodirovna, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Xodjayeva Sayyora Muridinovna hamda o‘quvchilari bilan yaqindan tanishilib, o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazildi. Tashrif davomida o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda mavjud bo‘lgan muammolar o‘rganildi.
Tashrif davomida o‘quvchilarni fanlarga qiziqishlarini yana-da oshirish yo‘lidagi istiqbol maqsad va vazifalarni belgilab oldilar.