Ijtimoiy tarmoqlar

O‘quvjarayoni va ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘lida yangi qadam

O‘quvjarayoni va ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘lida yangi qadam

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetining “Funksional mahsulotlar texnologiyasi” kafedrasi 4-bosqich talabalari orasidan 8 nafar talaba dual ta’lim tizimi asosida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash va mehnat faoliyatini boshlash maqsadida “Promet” kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasiga ishga qabul qilindi.

Talabalar faoliyatini o‘rganish va jarayonni ilmiy-uslubiy jihatdan tahlil qilish maqsadida fakultet dekani prof. A. Normatov, kafedra mudiri dots. F. Eshmatov hamda kafedra dotsenti O. Samadov korxonaga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida:

talabalar amaliy faoliyati va ishlab chiqarish jarayoniga integratsiyalashuvi,

kasbiy ko‘nikmalarining shakllanishi,

innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirish darajasi o‘rganildi.

Institut vakillari va korxona rahbariyati o‘zaro hamkorlik istiqbollarini belgilab oldilar. Jumladan, yangi turdagi funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqish, texnologik sinovdan o‘tkazish va tijoratlashtirish jarayonlarida talabalar hamda ilmiy-pedagogik xodimlarning faol ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Korxona mutaxassislari institut olimlarining innovatsion g‘oyalarini amaliyotga joriy etish imkoniyatlari keng ekanligini ta’kidladilar.

Shuningdek, korxona rahbariyati dual ta’lim dasturining samaradorligini yuqori baholab, kelgusi o‘quv yilida yana 10 nafar bitiruvchi kurs talabalarini ishga qabul qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Ushbu hamkorlik nafaqat ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytiradi, balki yosh mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirish, mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Korxona rahbariyati institut ma’muriyatiga minnatdorlik bildirgan holda, hamkorlikni strategik darajada rivojlantirishga tayyor ekanligini qayd etdi.