O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligiga bag‘ishlandi
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakultetida 21-oktabr – “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan “Til – millat ko‘zgusi” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Dj.T.Sidikov ochib berib, barcha jamoa a’zolariga omad tiladi.
Intellektual bellashuv davomida har bir jamoa o‘zining bilimdonligi, tezkor fikrlashi va jamoaviy hamjihatligi bilan ajralib turdi.
Tadbir yakunida quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin – Renessans
2-o‘rin – Nova Blaze
3-o‘rin – Tafakkur
G‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Ushbu tadbir yoshlarning ona tilimizga bo‘lgan hurmatini yanada oshirish, tafakkurini kengaytirish va intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi.