Unda o'zbek olimlari, xorijiy mehmonlar, Toshkent kimyo-texnologiya institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Pulatov Xayrulla Lutpullayevich, Хalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Babaxanova Zebo Abdullaevna, tegishli kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etmoqda.
Xalqaro anjumanni Mikrobiologiya instituti direktori, biologiya fanlari doktori professor, akademik Davrаnov Qahramon Davranovich kirish so'zi bilan ochib berib, barcha ishtirokchilarga tabrik yo'lladi. Shundan so'ng Toshkent kimyo-texnologiya institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Pulatov Xayrulla Lutpullayevich institut rektori Usmonov Botir Shukurillayevichning xalqaro anjuman qatnashchilariga yo'llagan murojaatini o'qib eshittirdi.