2024-yilning 7-12-oktabr kunlari O'zbekiston Respublkkasi Oliy ta'lim, fan va innovastisylar vazirligi binosida ushbu haftalik doirasida “Ixtirochi ayollar - 2024” ko‘rgazmasi ham tashkil etilib unda Toshkent kimyo-texnologiya institutining bir qator olima ayollari o'zlarining ilmiy ishlanmalari bilan ishtirok etishmoqda.
"INNOWOMENWEEK-2024” ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion haftaligining ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri o'rinbosari Maxkamova Zulayxo Baxriddinovna va O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаziri Sharipov Kongratbay Avezimbetovich ham ishtirok etdi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-apreldagi 84-son majlis bayoni 39-bandi hamda joriy yil 17-sentyabrda o‘tkazilgan 27-sonli majlis bayoni ijrosi yuzasidan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va hamkor tashkilotlari tomonidan tashkil etildi.
Tadbirda ilmiy-pedagok kadrlar tayyorlash, ilm-fanga qo'shayotgan hissasini inobatga olib, bir qator olima ayollar qatorida institutimiz "Silikat materiallar, kamyob va nodir metallar kimyoviy texnologiyasi" kafedrasi mudiri professor Aripova Mastura Xikmatovna Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar varizining Tashakkurnomasi va esdalik sovg'asi bilan taqdirlandi.