Uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov. so'zga chiqib O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun mohiyati, jumladan Pedagogning kasbiy faoliyati amalga oshirilishini ta’minlash, Pedagogning huquqlari, Pedagogning majburiyatlari, Pedagogning mehnatiga haq to‘lash, Pedagogning maqomi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik va boshqa masalalar yuzasidan yig'ilganlarga yetkazildi.
“Pedagogning maqomi to'g'risida”gi Qonun imzolandi
O'RQ–901-son, 01.02.2024-y. qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to'lash, rag'batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.Pedagogning huquqlari, sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'si davlat himoyasi ostida bo'ladi.
Qonunga ko'ra, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:
pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo'jaligi ishlariga jalb qilish;
pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo'lmagan hisobotlarni va boshqa ma'lumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi ta'minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;
pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag' ushlab qolish.
Manba: O'RQ–901-son, 01.02.2024-y.