Ijtimoiy tarmoqlar

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi oliy ta’lim sohasidagi hamkorligining 30 yilligi doirasida Erasmus+ Klaster yig'ilishi bo‘lib o'tdi

Joriy yilning 25-oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “CBHE loyihalarining muhandislik sohasidagi ta'siri, universitet-sanoat va universitet-jamiyat hamkorligini mustahkamlash” mavzusida Erasmus+ Klaster yig'ilishi bo‘lib o'tdi.

Uchrashuvda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining o'rinbosari Otabek Mahkamov, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To'ychiyev, Erasmus + Milliy Ofisi (NEO) koordinatori Aziza Abdurahmonova va CBHE loyihasining mahalliy koordinatorlari va guruh a’zolari, Oliy ta’lim islohotlari bo‘yicha milliy ekspertlar guruhi (HEREs) a’zolari, noakademik CBHE hamkor tashkilotlar vakillari, shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Xalqarolashtirish va transformatsiya departamenti boshlig'i Babaxanova Zebo Abdullayevna ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida muhandislik sohasida va universitet-sanoat hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha jami 26 ta Erasmus+ CBHE loyihalari (shundan 12 tasi tugallangan, 12 tasi davom etayotgan loyiha va 2024 yilgi tanlovdan 2 loyiha) bo’yicha natijalar tahlil qilindi.