Ijtimoiy tarmoqlar

Oʻzbekiston-Vengriya oliy taʼlim muassasalari rektorlari II forumi bo'lib o'tdi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Vengriyaning Obuda universiteti o'rtasida yo'l xaritasi imzolandi

Joriy yilning 19-may kuni Vengriyaning poytaxti Budapesht shahrida Oʻzbekiston-Vengriya oliy taʼlim muassasalari rektorlari II forumi tashkil etildi. Xalqaro forumda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov boshchiligidagi 10 dan ortiq OTM rektorlari, prorektorlari hamda mas’ul rahbarlardan iborat delegatsiya, shu jumladan Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Botir Usmonov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Zebo Babaxanova, matbuot hodimi Egamnazar Abdulboqiev ishtirok etdilar.

Xalqaro anjumanni Madaniyat va innovatsiyalar vazirligi innovatsiyalar va oliy taʼlim boʻyicha davlat kotibi Doktor Balázs HANKÓ kirish soʻzi bilan ochib, tashrif buyurgan mehmonlarni samimiy qutladi va ushbu forum ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini bildirdi.

– Avvalo, bizning ikki vazirligimiz maqsadlari mushtarakligidan mamnun ekanimizni izhor etmoqchiman. Shu oʻrinda universitetlarimiz xususiy sektor bilan yanada yaqinroq ishlashi kerakligi muhim. Hamkorlikda iqtidorli talabalarni koʻpaytirish orqali ikki davlat iqtisodiyotining rivojlanishiga erishamiz. Qoʻshma ilmiy loyihalarni koʻpaytirish, professional taʼlimni rivojlantirish ham hamkorligimizning muhim qismi boʻlib qoladi, – dedi Balázs HANKÓ.

Oʻzbekiston tomonidan soʻzga chiqqan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan rektorlarning birinchi forumi natijasida universitetlar oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari sezilarli darajada kengayganini taʼkidlab, bu galgi forum ishida ham muhim kelishuvlarga erishilishini qayd etdi.

– Bugun Oʻzbekiston-Vengriya oʻrtasida taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlik aloqalari jadallashib bormoqda. Shuni alohida qayd etmoqchimanki, soʻnggi yillarda Vengriya tomoni Vengriya hukumatining yillik stipendiyalari sonini 30 tadan 170 tagacha oshirdi. Albatta, biz buni Vengriya tomonining iqtisodiyotimiz uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qoʻshayotgan ulkan hissasi deb bilamiz, – dedi K.Karimov.

Shuningdek, anjumanda so‘z olganlar ikki davlat taʼlim sohasida hamkorlik aloqalari, uning yutuqlari va istiqbollari haqida toʻxtalishdi. Forum ishiga muvaffaqiyat tilanib, ushbu nufuzli anjuman natijasi mamlakatlar oʻrtasida sohadagi aloqalarning jadallashuviga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Forum oʻz ishini yalpi yig‘ilish formatida davom ettirdi va yakunda 30 dan ortiq hujjat imzolandi.

Yalpi yig‘ilishda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori B.Usmonov “Strategik hamkorlikni rivojlantirishda oliy ta’limning rolini kuchaytirish: fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi” mavzusida taqdimot qilib, O‘zbekiston va Vengriyaning iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari, hamkorlikda rivojlantirish istiqbolli sohalari, shu jumladan ingeneriya, mexatronika, oziq ovqat texnologiyasi va oziq ovqat havsizligi va boshqa sohalarda toxtalib o’tdi. Vengriya tomoniga respublikamiz hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan istiqbolli ta’lim va ilmiy loyihalar, jumladan, kimyo sanoati uchun o‘quv-ishlab chiqarish klasterini yaratish loyihasi taqdim etildi.

- Yosh va o'sib borayotgan O‘zbekiston aholisi katta mehnat bozorini tashkil etadi. O‘zbekiston aholisi 35 million, shu jumladan, 19,4 million mehnat yoshidagi aholini tashkil etadi. Hozirda 100 dan ortiq universitet har yili 150 000 talabalarni o‘qishga qabul qiladi. O‘zbekiston hukumati 2023-yilning aprel oyida “Ilg‘or muhandislik maktabi” loyihalarini ishga tushirgan bo‘lib, uning maqsadi jamiyatga o‘z hissasini qo‘sha oladigan, shuningdek, jahon miqyosida faol ishtirok etadigan ijodkor va rivojlanishga intiluvchi muhandislarni tayyorlashdan iborat.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi Kimyo sanoati oliy muhandislik maktabi TKTIning “Mashinasozlik va avtomatlashtirish”, “Silikat materiallari va nodir, kamyob metallar texnologiyasi” va “Kimyoviy texnologiya va neft va gaz texnologiyalari” kabi asosiy oʻquv dasturlaridan iborat boʻladi. Ilg'or muhandislik maktabi global miqyosda faol bo'lish uchun etarlicha yaxshi bo'lgan va raqobatbardosh sxemalar va muammolarni hal qilish qobiliyatiga ega, kommunikativ ko'nikmalarga ega bo'lgan inson resurslarini ishlab chiqarish tizimi bilan bog'liq texnik muammolarni hal qilish uchun keng ko'lamli bilimlarni integratsiyalashgan holda rivojlantiradi. Bunga erishish uchun biz quyida keltirilgan to'rtta ta'lim maqsadini qo'llab-quvvatlaymiz va ketma-ket “4 + 2 yil” ta'lim asosida yuqori kasbiy tayyorgarlik va tadqiqotlar olib boramiz. Ilg‘or muhandislik maktablari, hamda Vengriyada yuqori darajada rivojlangan “Dual ta’lim tizimi”ni O‘zbekiston universitetlari qoshida rivojlantirishga tayyormiz va Vengriya tomonidan hamkorlarni ushbu sohalarda hamkorlik qilishga taklif etamiz, – dedi rektor B.Usmonov.

Yig‘ilishda shuningdek, universitetlarning farmakologiya, farmatsevtika va tibbiyot mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash hamda oʻquv jarayoniga innovatsiyalarni joriy etish, qishloq xoʻjaligi, suv resurslaridan foydalanish sohasida texnolog mutaxassislar tayyorlash, zamonaviy biotexnologiyalar yordamida sanoat suvini tozalash va yerlarni tomchilatib sugʻorish, Vengriya OTMda o’zbek tilini o’qitish masalalari muhokama qilindi.

So‘ng muzokaralar yakuni boʻyicha muhandislik, mexatronika, robototexnika, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda 30 dan ortiq memorandum va shartnoma imzolanib, kadrlarni birgalikda tayyorlash bo‘yicha o‘zaro hujjatlar almashilindi. Shu jumladan, TKTI rektori B.Usmonov va Vengriyaning Obuda universiteti rektori Levente Kovach o‘rtasida “2023-2024 y.y. uchun hamkorlikni rivojlantirish uchun yo‘l haritasini” imzolandi. Ushbu haritaga ko‘ra OTMlar o‘rtasida talaba va professor o‘qituvchilar akademik almashinuvi, hamkorlikda qo‘shma ta‘lim va ilmiy loyihalar, ilmiy anjuman va fforumlar tashkil etish, hamda hamkorlikda qo‘shma “Smart industry in mechatronics” texnoparki rivojlantirishga kelishildi.