Ijtimoiy tarmoqlar

"Yangi O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya"

Xabaringiz bor, joriy yilning 30-aprel sanasida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqea boʻlib oʻtadi. “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni umumxalq referendumida ovozga qoʻyiladi. 



Shu bois, ayni paytda yurtimiz bo‘ylab soha mutaxassislari ishtirokida aholi, ayniqsa, yoshlarning yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz qabul qilinishida faol ishtirok etishiga bag‘ishlangan, mazkur siyosiy jarayonning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan turli targ‘ibot tadbirlari, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. 

Ana shunday tadbirlardan biri Toshkent kimyo-texnologiya instituti Talabalar turar joyida“Yangi O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya” mavzusida bo‘lib o‘tdi.



Tadbirda Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazi professori Yuridik fanlari doktori Doniyor Rahimov, Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti dekan o'rinbosari N.Sh.Zulyarova, TTJ tarbiyachi pedagoglari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.

 Tadbirda davlatimiz va xalqimiz hayotida Konstitutsiyaviy islohotlarni umumxalq referendumi orqali amalga oshirilishi bilan bog‘liq katta siyosiy voqea bo‘lib o‘tishi, referendum jarayonlarida har bir fuqaroning shaxsan o‘zi ishtirok etishi orqali o'z siyosiy irodasini namoyon qilishi hamda referendum o‘tkazish tartiblari haqida tushuntirishlar berildi.



Tadbir davomida yangi tahrirdagi Konstitutsiya yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi rivojiga xizmat qilishi, eng avvalo esa “Inson qadri uchun” gʻoyasini ustuvor yoʻnalish sifatida belgilashi qayd etildi.

Tadbir yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.