Ijtimoiy tarmoqlar

O‘zbekistonda so‘z va matbuot erkinligiga bag‘ishlangan xalqaro media forum bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda so‘z va matbuot erkinligiga bag‘ishlangan xalqaro media forum bo‘lib o‘tdi

3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan joriy yilning 7-may kuni “Renessans” kino uyida “Birlashish nuqtasi: so‘z va matbuot erkinligi — Uchinchi Renessans poydevori” mavzusida xalqaro media forumi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur xalqaro forumning asosiy maqsadi O‘zbekistonda so‘z va matbuot erkinligini rivojlantirish, fuqarolarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, sohaga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish hamda so‘z erkinligining jamiyat va davlat taraqqiyotidagi islohotlar jarayonidagi o‘rni va ahamiyatiga jamoatchilik e’tiborini qaratishdan iborat bo‘ldi.

Forumda O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlardan nufuzli jurnalistlar, blogerlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, soha mutaxassislari va davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Shuningdek barcha Oliy ta'lim muassasalari Matbuot kotiblari qatori Toshkent kimyo-texnologiya instituti Matbuot kotibi Egamnazar Abdulboqiyev ham faol ishtirok etdi.