Ijtimoiy tarmoqlar

O‘zbekiston Respublikasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalariga qaratilgan davra suhbati bo'lib o'tdi.

 O‘zbekiston Respublikasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalariga qaratilgan davra suhbati bo'lib o'tdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamkorligida “O‘zbekiston Respublikasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori X.L.Pulatov, Deputatlar S.Djumayeva, M.Axmedova, D.Azizova va institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etishdi. Tadbirda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasining dolzarbligi va uning huquqiy asoslari, shuningdek ushbu masala mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida diqqat markazida ekanligi, bu borada qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish va modernizatsiya qilish O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishiga hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan makroiqtisodiy strategiyasining eng muhim ustuvor yo‘nalishida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani to‘g‘risida fikr va mulohazalar yuritildi.

Davra suhbatida bugungi kunda davlatimiz rahbariyati tomonidan olib borilayotgan samarali agrar va oziq-ovqat siyosati ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishga xizmat qilib kelayotgani, shuningdek qishloq xo‘jaligida mavjud resurslardan samarali foydalanish, aholi ehtiyojlarini qondirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni iqtisodiy va moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash orqali oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish vazifalarini amalga oshirishga qaratilgani alohida qayd etildi.

Bundan tashqari, murakkab iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi iqlimga moslashgan xususiyatga egaligi, iqlim o‘zgarishiga moslashish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalar va amaliyotlarni joriy etish, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va suvni tejash, iqlimga chidamli ekinlarni tanlash borasida ilmiy izlanishlar va olimlarimizning o‘rni beqiyosligi alohida ta’kidlandi.

Bir so‘z bilan aytganda, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarning tizimli ravishda amalga oshirilishi va davlat tomonidan maqsadli qo‘llab-quvvatlanishi ichki bozorni sifatli, hamyonbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘yintirishga xizmat qilmoqda. Davra suhbati ishtirokchilar tomonidan berilgan taklif va tavsiyalar tegishli vazirlik hamda tashkilotlarga yuboriladi.