Ijtimoiy tarmoqlar

O’zbekiston–Latviya birinchi ta’lim forumi

 O’zbekiston–Latviya birinchi ta’lim forumi

Latviya poytaxti Riga shahrida O’zbekiston va Latviya o’rtasida ilk bor ta’lim forumi bo’lib o’tdi. Ushbu nufuzli anjumanda ikki mamlakat oliy taʼlim vazirliklari vakillari hamda 50 ga yaqin yetakchi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Mazkur forumda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori B.Sh.Usmonov hamda Xalqaro hamkorlik va protokol bo‘limi boshlig‘i S.Saidahmadovlar ishtirok etishdi. O‘z nutqida B.Sh.Usmonov ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o’rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, qo’shma ilmiy loyihalar va akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun:

Forum doirasida transport, axborot texnologiyalari, logistika, energetika va yashil iqtisodiyot, tibbiyot, mashinasozlik, turizm va xizmat koʻrsatish kabi sohalarda qoʻshma ilmiy tadqiqot va taʼlim loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.